"Real" ixtiyoridagi murabbiy Germaniyaga ketadi

  • 15 aprel, 20:07
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Shalke" 47 yoshli mutaxassis Raul Gonsales bilan kelasi mavsumda jamoaning bosh murabbiyi lavozimiga tayinlash masalasida muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda "getfootballnewsgermany" xabar bermoqda.

Tecno

Ayni paytda Raul "Real Madrid"ning zaxira jamoasi "Real Kastilya"ni boshqarmoqda, u bu lavozimda 2019 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda.

Avvalroq, "Shalke" "Spartak" va Belgiya milliy terma jamoasining sobiq murabbiyi Domeniko Tedeskoga ham hamkorlik taklifi bilan murojaat qilgan. Biroq, germaniyalik mutaxassis ikkinchi Bundesligada ishlashni xohlamasligini aytib, bu taklifni rad etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!