"Real" iste’dodli frantsuz futbolchisini sotib oladi!

  • 5 mart, 2021, 18:49
  • Abdullajon .
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi yozda jamoaning markaziy pozitsiyalarini kuchaytirish maqsadida "Lion" yarimhimoyachisi Hussem Auarni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqida Ispaniyaning mashhur AS nashri xabar berdi.

Tecno

Ma’lumotda aytilishicha, madridliklar Auarni Modrichga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. Bu yil 36 ga kiruvchi xorvatiyalik futbolchining klubdan ketish ehtimoli yo‘q emas, shu sababli, "qaymoqranglilar" iste’dodli frantsuzni o‘z safiga qo‘shib olishni maqsad qilgan.

Ma’lumot uchun, Auar bu mavsum "Lion" safida 23 o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol hamda 2 ta assist amalga oshirishga muvaffaq bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!