
"Real" ishonchli hisobda g‘alaba qozonib, "Barselona" bilan oradagi farqni qisqartirdi
Ispaniya La Ligasining 22-turidan o‘rin olgan "Osasuna" va "Real" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Mazkur bellashuvda "qirollik klubi" 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvdagi gollarga Federiko Valverde va Marko Asensio mualliflik qildi. Vinisiusning golini hakam o‘yindan tashqari holatda, deb topdi va inobatga olmadi.
Shu tariqa, Madrid klubi ochkolar sonini 51taga etkizib, birinchi o‘rindagi "Barselona"ni quvishda davom etadi. Peshqadam hisobida 56 ochko mavjud.
Fikrlar