“Real” ikkita gol urgan futbolchi uchun katta mablag‘ sarflamoqchi

  • 13 iyul, 2021, 08:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” yozgi transferlar vaqtida “Real Sosedad” yarim himoyachisi Mikel Merinoni Madridga ko‘chirib kelmoqchi. Klub  rahbariyati bu transferga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Tecno

“Qirollik klubi” 25 yoshli futbolchi transferi bo‘yicha san-sebastyanliklar bilan muzokarani boshlab yuborgani aytilmoqda.

Madridliklar Mikel Merinoni 60 million evroga baholamoqda va bu summa “Real Sosedad”ni har tomonlama qoniqtiradi.

Mikel yakunlangan mavsumda Primerada 26 ta uchrashuv o‘tkazib,  bir juft gol urdi va to‘rtta golli pas berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!