
"Real" hujumchisiga APL grandlari xaridor bo‘lishmoqda
Madridning “Real” klubi forvardi Vinisius Junior faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
EL Desmarque nashrining yozishicha 19 yoshli braziliyalik futbolchiga "Arsenal», «Chelsi», «Tottenxem» va «Manchester Yunayted» klublaridan jiddiy qiziqishlar paydo bo‘lgan. Ushbu transfer yozda amalga oshirilishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Vinisius “Real” safiga 2018 yil “Flamengo”dan ko‘chib o‘tgan edi. U o‘tgan davr mobaynida 31 ta o‘yinda maydonga tushdi va 7 ta gol urishga erishdi.
Fikrlar