
"Real" himoyachisiga "Manchester Yunayted" va "Chelsi"dan taklif bo‘lmoqda
"Real Madrid" chap qanot himoyachisi Ferland Mendi faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin. "Fichajes" nashrining ma’lum qilishicha, 28 yoshli frantsuzning xizmatlariga "Manchester Yunayted" va "Chelsi" qiziqish bildirgan.
Manba bergan xabarga ko‘ra, "aristokratlar" Mendini jamoaning asosiy o‘yinchisiga aylantirmoqchi. "Qizil iblislar" ham himoyachi bilan shartnoma imzolashga jiddiy kirishgan. Transfer summasi taxminan 55 million evro atrofida bo‘lishi mumkin.
Joriy mavsumda Mendi barcha musobaqalarda bor-yo‘g‘i 14ta o‘yinda maydonga tushdi. Futbolchining "Real" bilan amaldagi shartnomasi kelasi yilning o‘rtalariga qadar tuzilgan.
Fikrlar