
"Real" himoyachisiga "Chelsi" asosiy xaridor
"Real" Madrid himoyachisi Rafa Marin jamoani tark etib, Premer-ligaga o‘tishi mumkin. "The Telegraph" nashri xabariga ko‘ra, 20 yoshli ispaniyalik futbolchini "Chelsi" o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Futbolchini "Yuventus" va "Leyptsig" ham kuzatib bormoqda. Agar madridliklar Marin bilan shartnomani uzaytirish borasida kelishuvga erisha olmasa, Rafa yozda sotilishi mumkin. Chunki amaldagi shartnoma 2024 yilning iyunigacha amal qiladi.
Himoyachi 5-10 million funt atrofida baholanmoqda.
Fikrlar