"Real" himoyachisi yozda ketishi kutilmoqda!

  • 2 noyabr, 13:07
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid" kelasi yozda David Alaba bilan xayrlashadi, deya xabar bermoqda "Tribal Football" nashri.

Tecno

Manbaga ko‘ra, tomonlar yangi shartnoma imzolamaydi. 33 yoshli futbolchining "qirollik klubi" bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirida tugaydi. Shunday qilib, David Ispaniya gigantini erkin agent sifatida tark etadi. Avstriyalik futbolchi bu mavsumda Ispaniya ligasida atigi uchta o‘yin o‘tkazdi.

Ma’lumot uchun, La Liganing 11 ta o‘yinidan so‘ng Xabi Alonso jamoasi 30 ochko to‘pladi va turnir jadvalida birinchi o‘rinda bormoqda. Madridliklar so‘nggi o‘yinida o‘z uyida "Valensiya"ni 4:0 hisobida mag‘lub etishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!