"Real" Hakimini ortga qaytarmoqchi

  • 31 oktabr, 2023, 20:15
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Huquqlari PSJga tegishli bo‘lgan o‘ng qanot himoyachisi Ashraf Hakimi Ispaniya chempionatiga qaytishi mumkin. "Todofichajes" nashri xabariga ko‘ra, marokashlik futbolchini "Real Madrid" o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Hakimi "qirollik klubi"da 2017 yildan 2020 yilgacha to‘p surgan. Afrikalik futbolchining parijliklar bilan shartnomasi 2026 yilning o‘rtalariga qadar tuzilgan. Uning transfer narxi 65 million evroga baholanmoqda.

24 yoshli futbolchi Frantsiya chempionatining joriy mavsumida to‘qqizta o‘yinda maydonga tushib, uchta gol va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!