
“Real” futbolchisini arzonga sotib yuboradigan bo‘ldi
“Latsio” klubi “Real” himoyachisi Mario Gileni transfer qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda, deb xabar tarqatdi Marca nashri.
Italiyaliklar 21 yoshli futbolchi uchun 5 million evro to‘lasa, transfer rasmiylashtiriladi. Qirollik klubining aslsiy tarkibiga kira olmagan bu o‘yinchiga “Latsio”dan tashqari A Seriyaning boshqa vakili – “Sassuolo” ham jiddiy qiziqish bildiryapti.
Bundan tashqari, Gile ispan klublari – “Xetafe” va “Selta”dan ham chorlov olgan.
Gile o‘tgan mavsumda asosiy tarkib safida atigi ikki marta maydonga tushdi. Biroq, o‘zini ko‘rsata olgani yo‘q.
Fikrlar