"Real" futbolchilariga BMW avtomobillari sovg‘a qilindi. Kim qaysi modellarni tanladi?

  • 16 oktabr, 18:25
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubiga homiylik qiluvchi BMW kompaniyasi futbolchilarga mashina sovg‘a qildi.

Tecno

Kelishuv doirasida nemislarning mashina ishlab chiqaruvchi BMW kompaniyasi har yili jamoa o‘yinchilari va murabbiylariga avtomobil taqdim etadi. Bu yil "Real" a’zolariga gibrid elektromobillar berildi. 

Eng mashxur model 135 ming evrodan boshlanadigan BMW i7 bo‘ldi. Bu rusumdagi avto ulovlarni Kilian Mbappe, Vinisius, Arda Gyuler, Eder Militao, Dani Karvaxal, Antonio Ryudiger, Alvaro Karreras, Endrik va Raul Asensio kabi o‘yinchilarga taqdim etildi. Shuningdek, bosh murabbiy Xabi Alonso ham shu modeldan oldi.

Tibo Kurtua, Jud Bellingem, Rodrigo, Din Xyoysen, Braim Dias va Ferlan Mendiga mashhurlik bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turuvchi, narxi 200 ming evrogacha bo‘lgan XM modelini oldi.

100 ming evro atrofida bo‘lgan avtomobillarni Franko Mastantuono (i4 taxminan 50 ming evro), Trent Aleksandr-Arnold va Eduardo Kamavinga (iX taxminan 80 ming evro) hamda Gansalo Garsiya (i5 taxminan 70 ming evro) avtomobillarini tanlashdi. Andrey Lunin esa 160 ming evrodan qimmat turuvchi M5 modelini oldi. Qolgan futbolchilarning tanlovi oshkor qilinmadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!