
"Real" frantsiyalik futbolchisidan ayrilib qolishi mumkin!
PSJ yozgi transferlar oynasida "Real Madrid" futbolchisini sotib olmoqchi. Bu haqda "Fichajes" nashri ma’lum qildi.
Xabarga ko‘ra, parijliklar bosh murabbiyi Luis Enrike Eduardo Kamavingani o‘z jamoasida ko‘rishni xohlaydi va klub rahbariyati frantsiyalik futbolchi uchun "qaymoqranglilar" hisob raqamiga 80 million evro o‘tkazib berishga tayyor. So‘nggi paytlarda Kamavinga "qirollik klubi"da asosiy tarkibiga kira olmayapti. Bu esa uni Madriddan ketishiga sabablardan biri bo‘lishi mumkin.
Ma’lumot uchun, 22 yoshli yarim himoyachining "Los-Blankos" bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozgicha amal qilib, Transfermarkt portalidagi bahosi 80 million evro etib belgilangan. Eduardo La Liganing joriy mavsumida 10 ta o‘yinda maydonga tushgan va 2 ta assistni amalga oshirgan.
Fikrlar