
"Real" Diasni ijaraga berib yuboradi
Madridning “Real” klubi hujumkor yarim himoyachisi Braim Dias mavsum yakunlangach boshqa jamoaga ijaraga berib yuboriladi. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatmoqda.
Ta’kidlash kerakki, uning ijaraga berib yuborilish masalasi Zinedin Zidanning jamoaga qaytishidan oldin ko‘rib chiqilgan. Madridliklar 19 yoshli futbolchini ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi uchun ham aynan shunday qarorga kelishgan.
Eslatib o‘tamiz, Dias “Real” safiga joriy yilning yanvarida ko‘chib o‘tgan edi.
Fikrlar