“Real” chempion jamoa qo‘ygan shartga ko‘ndi

  • 5 may, 10:44
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” 25 iyun kuni boshlanadigan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatigacha “Liverpul” bilan hamkorligi tugayotgan Trent Aleksander-Arnoldni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Tecno

The Sun nashrining yozishicha, o‘ng qanot himoyachisini ertaroq qo‘lga kiritish uchun “Qirollik klubi” rahbariyati “Liverpul”ga bir million evro to‘lashga rozilik berdi. Chunki angliyalik o‘yinchining amaldagi shartnomasi 30 iyungacha davom etishi belgilab qo‘yilgan.

Avvalroq, Evropa matbuoti “Qirollik klubi” Trent Aleksander-Arnoldni muddatidan oldin qo‘yib yuborish masalasida liverpulliklarga murojaat qilgani haqida yozgandi.

“Liverpul” rahbariyati o‘z tarbiyalanuvchisi bilan yakunlanayotgan shartnomani bir necha kun oldin bekor qilish uchun 1,5-2 million evro miqdorida badal puli talab qilgan. Bundan tashqari, liverpulliklar Trent Aleksander-Arnold klubni 30 iyundan erta tark etsa, shu oy uchun maoshi berilmasligini ham ta’kidlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!