
“Real”: Bu yulduzni olsak, klubimiz “sinadi”!
“Real” rahbariyati anchadan beri “Borussiya”dan Jud Bellingemni transfer qilishni rejalashtirayotgan edi. 19 yoshli futbolchining o‘zi ham Madridga ko‘chib o‘tishga moyillik bildirgan.
Biroq, so‘nggi pallada “Qirollik klubi” bu qimmatbaho futbolchini olish fikridan qaytdi.
Marca nashrining yozishicha, “Real” Jud Bellingem transferini amalga oshirsa, klubning moliyaviy barqarorligi izdan chiqadi va kutilmagan muammolar kelib chiqish ehtimoli keskin oshadi.
Chunki, Bellingemni transfer qiladigan klublardan dortmundliklar 150 million evro badal puli talab qilmoqda. Bundan tashqari, Bellingemning o‘ziga ham yuqori darajadagi maosh to‘lanishi kerak.
Fikrlar
Реалда пул кўп, бўлмаган гап!!!