“Real”: Bu yulduz obro‘mizni to‘kyapti!

  • 18 mart, 2024, 17:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” rahbariyati jamoaning qanot hujumchisi Vinisius Juniorning maydondagi xatti-harakatlaridan xavotirdi va braziliyalik yulduzning o‘zini nazorat qila olmayotgan klub obro‘siga putur etkazyapti, deb hisoblamoqda. Bu haqda Sport.es sayti xabar tarqatdi.

Tecno

Manbaga ko‘ra, “Qirollik klubi” mutasaddilariga Vinisius deyarli barcha safar uchrashuvlarida o‘z qiliqlari bilan mezbonlarning adovatiga sabab bo‘layotgani yoqmayapti. Braziliyalik yulduzning harakatlariga nisbatan reaktsiya oqibatida “Real”ning boshqa futbolchilari ham katta bosim ostida qolyapti.

Ma’lumotlarga qaraganda, murabbiylar shtabi futbolchiga ta’sir o‘tkazishning barcha usullarini qo‘llab ko‘rdi, biroq bu aytarli samara bermadi.  

Xo‘jayinlar futbolchi klub reputatsiyani bulg‘ayotganidan norozi ekanini uqtirmoqda.

“Real” yozda o‘z safiga Kilian Mbappeni qo‘shib olishi kutilyapti. Shu bois, Vinisius Junior boshqa klubga sotib yuborilishi ham mumkin. Qolaversa, jamoada asosiy hujumchi bo‘lish istagini yashirmayotgan braziliyalik forvard agar klub Mbappeni olib kelsa, jamoadan ketishga tayyorligini aytgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Bahrom Yunusov
18/03/2024 20:55
2 tasi bitta klubga sig'maydi