
“Real”: bu “qariya”ni ketkazib bo‘lmaydi!
“Qirollik klubi” rahbariyati jamoaning eng yoshi katta futbolchisi Luka Modrichga yana bir yillik shartnoma taklif qilmoqchi.
O‘tgan mavsum oxirida 36 yoshli yarim himoyachiga bir yillik bitim berilgan edi. Yangi mavsumda xorvatiyalik yulduz hali yoshlardan qolishmasligi isbotlab kelmoqda.
Luka Modrichga “Manchester Siti” jiddiy qiziqa boshlagani madridliklarni tezroq qaror qabul qilishiga turtki bo‘lmoqda. Qolaversa, klub prezidenti Florentino Peres “Oltin to‘p” sohibining muxlislar qalbidan joy olganini inobatga olgan holda, uni qo‘ldan chiqarishni istamayapti.
Modrichning bugungi kundagi transfer narxi 10 million evroni tashkil qiladi.
Fikrlar