
“Real”: Bu mutaxassis Anchelotti o‘rnini egallaydi!
“Real” rahbariyati jamoani “Chelsi”dan iste’foga chiqarilgan Tomas Tuxel boshqarishini istamoqda.
Italiyalik mutaxassis Karlo Anchelotti jamoani juda muvaffaqiyatli boshqarmoqda. O‘tgan mavsum “Qirollik klubi” bu murabbiy qo‘l ostida Ispaniya chempionati va Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi.
Biroq, Anchelotti klub rahbariyatiga joriy mavsum uning uchun “Real” bosh murabbiyi sifatida so‘nggisi ekanini aytdi. Shu bois, mutasaddilar yozda olib kelinadigan murabbiy masalasini echish uchun ish boshlab yuborgan.
“Real” prezidenti Florentino Peres faoliyati davomida “Maynts”, “Borussiya Dortmund”, PSJ va “Chelsi”la ishlagan Tomas Tuxel endi uning jamoasini boshqarishini istamoqda.
Fikrlar