
"Real" Braziliyadan 100 millionlik futbolchi topgan
Madridning "Real" klubi "Atletiko Paranaense"ning 17 yoshli hujumchisi Vitor Rokega qiziqish bildirmoqda, deya xabar berdi Globo.
Manba bergan ma’lumotga ko‘ra, ispan klubi skautlari iqtidorli braziliyalikni bir necha oydan beri kuzatib kelgan, ammo "Real Madrid" hozircha unga rasmiy taklif bilan chiqqani yo‘q.
Qayd etilishicha, "Atletiko Paranaense" o‘z futbolchisini sotishdan kamida 100 million evro ishlab olishni kutmoqda. Oldinroq, Rokega "Barselona" ham qiziqish bildirayotgani haqida xabar qilingandi.
Joriy mavsumda Roke 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi. "Transfermarkt" portali yosh hujumchini 11 million evroga baholagan.
Fikrlar