“Real” bosh murabbiyi o‘z yulduzini “Arsenal”ga bermadi

  • 23 yanvar, 2023, 21:23
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasida peshqadamlik qilayotgan “Arsenal” tarkibini kuchaytirish maqsadida “Real” tayanch yarim himoyachisi Eduardo Kamavingani ijaraga olmoqchi edi.

Tecno

“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoaning iste’dodli yosh o‘yinchisining boshqa jamoaga o‘tishiga yo‘l qo‘ymasligini bildirdi.

- Kamavinga “Arsenal”ga o‘tmaydi. Men uni almashtirib bo‘lmas o‘yinchi, deb bilaman. Xuddi shu fikrni Toni Kroos va Luka Modrich haqida ham aytishim mumkin, - dedi Karlo Anchelotti.

Eduardo Kamavinga har doim ham “Real”ning boshlang‘ich tarkibiga kiritilmayapti. Shunga qaramay, bosh murabbiy 2021 yili “Renn”dan olib kelingan o‘yinchiga katta ishonch bildirishini ko‘rsatib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!