“Real” bosh murabbiy masalasini hal qildi

  • 29 dekabr, 2023, 17:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” rahbariyati jamoani muvaffaqiyatli boshqarib kelayotgan 64 yoshli Karlo Anchelotti bilan shartnomani uzaytirdi. Bu haqda Relevo nashri xabar berdi.

Tecno

Manbaning ta’kidlashicha, klub va murabbiy o‘rtasidagi shartnoma mavsum oxirida yakunlanishi kerak edi. Bir necha oy davom etgan muzokaradan so‘ng tomonlar hamkorlikni 2026 yilning yozigacha davom ettirishga kelishib oldi.

Karlo Anchelotti “Real”ni 2021 yilning yozidan beri boshqaryapti. Uning qo‘l ostida madridliklar Ispaniya chempionati va Evropa Chempionlar ligasi kabi katta musobaqalarda g‘olib chiqdi.

Tajribali murabbiy faoliyati davomida “Everton”, “Parma”, “Yuventus”,  “Milan”, “Chelsi”, PSJ, “Bavariya”, va “Napoli” kabi jamoalarni boshqarib, ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!