
“Real” bitta o‘ringa 6 ta futbolchi tanladi
Joriy mavsum nufuzli sovrinlardan quruq qolgan “Real” tarkibini jiddiy tarzda kuchaytirishga kirishdi.
Ketma-ket katta transferlarni uddalayotgan “Qirollik klubi” maydon markazini mustahkamlash variantlarini ko‘rib chiqmoqda. Avvalroq, madridliklar bu pozitsiyaga “Manchester Siti” yulduzi Rodrini olib kelishni rejalashtirgani xabar qilingan edi.
Biroq “Oltin to‘p”ning amaldagi sohibi olish oson bo‘lmasligini aniq bilgan “Qirollik klubi” mutasaddilari yana besh nafar futbolchini transferlar ro‘yxatiga kiritdi.
Sport.es saytining yozishicha, madridliklar tayanch hududga Tijani Reynders, Adam Uorton, Aleksis Makallister, Entso Fernandes hamda Franko Mastantuononi taklif qilishga tayyor.
Bu borada ko‘p narsa yangi bosh murabbiy Xabi Alonso qaysi o‘yinchini tanlashi va transferni amalga oshirish imkoniyatiga bog‘liq bo‘ladi.
Fikrlar