"Real" Benzemaga o‘rinbosar topdi. U APL grandi safida o‘ynaydi

  • 2 dekabr, 2022, 16:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Urugvay terma jamoasi va "Liverpul" klubi hujumchisi Darvin Nunes faoliyatini Ispaniya grandi safida davom ettirishi mumkin. Defensa Central nashriga ma’lum bo‘lishicha, 23 yoshli markaziy hujumchining transferiga "Real" jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Tecno

"Qaymoqranglilar" va mersisaydliklar o‘rtasidagi kelishuv 2023 yilning yozida amalga oshishi mumkin. Ta’kidlash kerakki, Madrid klubi Nunesni shu oyda 35 yoshga to‘ladigan frantsiyalik Karim Benzemaga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.

Ma’lumot uchun, “Liverpul” Nunesni yozgi transferlar davrida “Benfika”dan 80 million evro evaziga sotib olgan edi. Tomonlar o‘rtasidagi shartnoma esa 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Darvin joriy mavsum APLda Darvin o‘nta o‘yin o‘tkazdi va beshta gol urdi hamda ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!