
“Real” Benzema o‘rniga superto‘purar topdi
“Real” rahbariyati yoshi o‘tib qolayotgan Karim Benzema o‘rnini bosa oladigan hujumchi qidirayotgan edi.
Fichajes nashrining ma’lum qilishicha, madridliklarning nishoniga Qatardagi jahon chempionatida to‘purarlik mahoratini namoyish qilgan Markus Reshford tushgan. “Manchester Yunayted” hujumchisi mundialning guruh bahslarida uchta to‘p kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
Reshford “Manchester Yunayted” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Bu klubuchun jami 322 ta rasmiy uchrashuvda qatnashib, o‘z hisobiga 101 ta gol va 61 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan.
25 yoshli futbolchining amaldagi bitimi joriy mavsum oxirida tugaydi. Manchesterliklar hali uni qolishga ko‘ndira olgani yo‘q.
Fikrlar