
“Real” Bellingemdan yuz o‘girgani sabablari oshkor bo‘ldi
“Borussiya” yarim himoyachisi Jud Bellingem ko‘p jamoalar uchun orzu bo‘lib qolmoqda. 19 yoshli futbolchiga asosiy da’vogar sifatida “Real” tilga olinayotgan edi.
Daily Mail nashrining xabar berishicha, “Qirollik klubi” Jed Bellingemni yaqinlashib kelayotgan yozda transfer qilish fikridan qaytgan.
Manba buning o‘ziga xos sabablarini keltirmoqda. Birinchidan, madridliklar yozda transferlarga katta xarajat qilmoqchi emas. Bellingemni olish uchun esa, 110 million evrodan ko‘proq mablag‘ talab etiladi.
Ikkinchidan, murabbiylar shtabi Bellingemning kelishi u bilan bir pozitsiyada o‘ynaydigan Luka Modrich va Toni Kroosning o‘yin vaqtini qisqarishiga olib kelishidan xavotirda.
Ma’lumotlarga qaraganda, “Qirollik klubi” angliyalik yarim himoyachini 2024 yilning yozida transfer qilishi mumkin.
Fikrlar