
"Real" asosiy tarkibining 2 futbolchisi "Valensiya"ga qarshi o‘yin oldidan safga qaytdi (qaydnoma)
Ispaniya La Ligasi 23-turidan o‘rin olgan bahsni amaldagi chempion "Real" o‘z uyida o‘tkazadi. "Valensiya"ga qarshi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan uchrashuv uchun "qaymoqranglilar" bosh murabbiyi Zinedin Zidan qaydnomani e’lon qildi. Undan 19 nafar futbolchi o‘rin oldi.
Ushbu ro‘yxatdan turli xil sabablarga ko‘ra, Serxio Ramos, Eder Militao, Marselo, Alvaro Odriosola, Federiko Valverde, Eden Azar, Rodrigo kabi futbolchilar o‘rin olmadi.
Fikrlar