"Real" APLdan 90 millionlik yarim himoyachi olmoqchi

  • 13 aprel, 15:32
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" futbolchisi Aleksis Makalister Ispaniyaning superklubi e’tiboriga tushdi. Bu haqda"Marca" nashri xabar berdi.

Tecno

Markaziy yarim himoyachiga Madridning “Real” klubi qiziqish bildirmoqda. “Qirollik klubi” Aleksis jamoa o‘yin tizimiga mos tushishini ta’kidlamoqda. Makalisterning ehtimoliy transferi 90 million evroga baholanmoqda. Argentinalik futbolchi “qizillar” bilan 2028 yil o‘rtasigacha amal qiluvchi shartnomaga ega.

Joriy mavsumda Makalister “Liverpul” safida 44 ta o‘yinda maydonga tushdi. U o‘z hisobiga 6 ta gol va 4 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!