
“Real” Angliyadan hali tanilmagan iste’dodni topdi
“Real” kelasi yozda ochiladigan transfer oynasiga hozirdan tayyorgarlik ko‘rib, tarkibni kuchaytirishi mumkin bo‘lgan o‘yinchilar ro‘yxatini tuzmoqda.
TodoFichajes nashriga ko‘ra, “Qirollik klubi” skautlari Angliyadan “Real” talablariga mos tushadigan iqtidorli ijrochini topdi.
“Sanderlend”da o‘ynayotgan 17 yoshli Kris Rigg madridliklar nazarini o‘ziga tortdi. Yarim himoyachiga bir qator grandlar, xususan, “Manchester Yunayted” va “Borussiya Dortmund” ham ko‘z tikmoqda.
Hozircha, Transfermarkt portalida Riggning transfer narxi 300 ming evro ekani ko‘rsatilgan. Ekspertlar tez orada bu summa keskin ko‘tarila boshlashini ta’kidlamoqda.
Fikrlar