
“Real” Anchelotti o‘rniga boshqa murabbiy topdi
“Real” rahbariyati jamoani boshqarib kelayotgan Karlo Anchelotti o‘rnini egallaydigan murabbiy qidirmoqda. Italiyalik mutaxassisning madridliklar bilan shartomasi kelasi yoz yakunlanadi.
“Qirollik klubi” jamoani Xavi Alonsoga topshirmoqchi. Bu mutaxassis yaqinda “Bayer” bilan hamkorlik shartnomasini uzaytirgan edi. Shunga qaramay, madridliklar aynan mana shu murabbiy nomzodini qo‘llab-quvvatlamoqda.
Karlo Anchelottining “Real” rahbariyati bilan munosabatlari sovugan edi. O‘tgan mavsum madridliklar sovrinlardan quruq qoldi. Italiyalik mutaxassis bunga sabab qilib, rahbariyat etarli darajada transferlarni amalga oshirmagani ko‘rsatdi.
Xavi Alonsoning “Bayer” bilan shartnomasi 2026 yilning yozigacha davom etadi. “Real” bir yildan keyin bu mutaxassisni Madridga olib kelishiga urinib ko‘radi.
Fikrlar