
"Real" afsonasi xotirlandi (FOTO)
“Real” Madrid klubining Valdebebasdagi qarorgohida jamoaning vengriyalik afsonaviy hujumchisi Ferents Pushkashni xotirlash tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Unda “qirollik klubi” prezidenti Florentino Peres hamda Vengriya tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto ishtirok etdi. Martabali shaxslar Pushkash haykali poyiga gulchambar qo‘yishdi.
Ma’lumot uchun, Pushkash “Real” safida o‘tgan asrning 50-60 yillarida to‘p surgan va 242 ta gol urgan. U madridliklar tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida Ronaldu, Raul, Di Stefano, Santilyane va Benzemadan so‘ng 6-o‘rinda turadi.
Fikrlar