“Real” afsonasi ketadigan bo‘ldi

  • 12 may, 2023, 20:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”da uzoq yillar o‘ynab, to‘purar sifatida klub afsonasiga aylangan Raul Gonsales to‘rt yildan beri o‘rinbosarlar jamoasi bosh murabbiyi bo‘lib ishlab kelayotgan edi.

Tecno

“Qirollik klubi” rahbariyati bu mutaxassis nomzodini asosiy jamoa bosh murabbiyligiga ham ko‘rib chiqayotgan edi. Endi vaziyat o‘zgardi. Raulning klub bilan shartnomasi bir yarim oydan keyin yakunlanadi.

Mutasaddilari ispaniyalik mutaxassis bilan xayrlashishga tayyor. El Larguero nashrining yozishicha, Raul Gonsales kelasi mavsum oldidan xorij jamoalaridan birida bosh murabbiy lavozimini egallaydi.

Raul qo‘l ostida “Real”ning yosh fubolchilari musobaqa jadvalida uchinchi o‘rinda bormoqda. Manbalarning ta’kidlashicha, “Kastilya”dagi bosh murabbiy lavozimida  Raul Gonsales o‘rnida  Alvaro Arbeloa ishlaydi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!