
"Real" 94 yillik natijani takrorladi
Ispaniya La Ligasi 15-turidan o‘rin olgan "Real" Valyadolid - "Real" Madrid uchrashuvi nihoyasiga etdi. Unda mehmonlar 2:0 hisobida zafar quchdi.
"Qaymoqranglilar" etakchisi Karim Benzema dubl qayd etib, jamoasining g‘alabasini ta’minladi. Ushbu natija orqali madridliklar 1928 yildan beri ilk bor 30 dekabr sanasida g‘alaba qozondi.
So‘nggi marta "qirollik klubi" 94 yil oldin shunday natijaga erishgan. Shundan so‘ng jamoa bu sanada 3 durang hamda 3 mag‘lubiyat qayd etgandi.
Ayni paytda Karlo Anchelotti shogirdlari 38 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
Fikrlar