“Real” - so‘nggi manzil!

  • 14 avgust, 2022, 08:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”ni boshqarayotgan italiyalik murabbiy Karlo Anchelotti bu jamoa bilan shartnomasi tugaganidan keyin pensiyaga chiqishini ma’lum qildi.

Tecno

- “Real”dan keyin pensiyaga ketaman.Bu murabbiylik faoliyatimning so‘nggi bosqichi. “Real” bu eng yuksak daraja va shuning uchun ham mazkur klubni faoliyatimning yakuni sifatida qabul qildim, - dedi Karlo Anchelotti.

63 yoshli mutaxassis murabbiylik faoliyati davomida “Rejana”, “Parma”, “Yuventus”, “Milan”, “Chelsi”, PSJ, “Bavariya”, “Napoli”, “Everton” kabi jamoalarni muvaffaqiyatli boshqargan. “Real”da ikkinchi marotaba bosh murabbiylik qilmoqda.

Anchelotti o‘zi ishlagan barcha mamlakatlarda jamoalarni chempion qilgan. Shuningdek, xalqaro miqyosidagi ko‘plab nufuzli turnirlarda zafar quchgan.

Italiyalik murabbiyning madridliklar bilan shartnomasi yana ikki mavsum davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!