"Real" - migrantlar jamoasi, Vinisius esa ahmoq!"

  • 23 sentabr, 2024, 21:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Valensiya"ning sobiq prezidenti Pako Roig "Real" vingeri Vinisius Juniorni tanqid qildi.

Tecno

“Ilgari irqchilik bilan bog‘liq muammolar yo‘q edi yoki men ularni payqamasdim. Romario yarim qora tanli edi va hech qanday muammo yo‘q edi. Endi men "Real"ni "Qirollik muhojiri" deb atayman. Ularda sakkiz nafar qora tanli futbolchi, ikki nafar oq tanli xorijlik va bir nafar ispaniyalik – Karvaxal bor.

Va bu Vinisius. U nima qilganini bilasizmi? U Mestalyadagi panjaradan oshib, muxlisni haqorat qilishda aybladi. O‘sha kuni nevaram va o‘g‘lim bilan stadionda edim. Men nabiramdan so‘radim: "U trda nima qichqiryapti?" Nevaram javob berdi: "Har xil bema’nilik". Men uni maymun deyishgan deb o‘yladim. Lekin yo‘q.

Bu yigit muxlislarga jamoangizni Segundaga ravona qilamiz baqiradi. Ushbu voqeadan so‘ng muxlislarimiz keyingi o‘yinlarga kela olishmadi, Vinisius uchun esa hammasi kechirildi. Ha, u yaxshi futbolchi, lekin shaxs sifatida u ahmoq. Har doim hakamlarga baqiradi. Men Janubiy Amerikada ko‘p marta bo‘lganman va hech qachon muammoga duch kelmaganman”, - deya Roig so‘zlarini keltiradi Relevo.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!