"Real" - "Barselona" uchrashuvida imkoniyatlar qanday? - Murod Rizaev "el-klasiko" oldidan o‘z taxminlarini bildirdi

  • 24 iyul, 2022, 00:28
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Okeanortida yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan Ispaniyaning ikki grandi – “Real” va “Barselona” bugun, 24 iyul tongida o‘zaro o‘rtoqlik bahsida maydonga tushadi.

Tecno

Bu safargi “el-klasiko” Toshkent vaqti bilan soat 08:00da boshlanadi. Uchrashuv oldidan "Sport" telekanali sharhlovchisi Murod Rizaev SPORTS.uz nashriga o‘z fikrlarini bildirdi.

El-klasiko yaqin do‘stlar! Garchi bahs Amerika diyorida bo‘lib o‘tsa-da, garchi o‘rtoqlik uchrashuvi maqomiga ega bo‘lsa-da, garchi yangilar ushbu o‘yinda sinovdan o‘tkazilsa-da, garchi qaerdadir o‘yin vaqti 8.00ga to‘g‘ri kelsa-da bu baribir "el-klasiko". Dunyo ikkiga bo‘linaveradi. Ma’lumotlarga qaraydigan bo‘lsam bu rasmiy yubiley 250-chi "el-klasiko" bo‘larkan. Hozirgacha 249 o‘yinda roppa-rosa 100ta g‘alaba "Real"da, 97ta g‘alaba "Barselona"da. 52ta uchrashuv durang natija bilan yakunlangan. Esingizda bo‘lsa 100-chi g‘alabani "Real" jamoasi Ispaniya Superkubogi yarim finalida qo‘lga kiritgan edi. Asosiy vaqtda 2:2. Ekstra taymda Valverdening goli madridliklarga g‘alaba keltirgan edi 3:2. Lekin oxirgi klasikoda "Real" Benzemasiz 0:4 hisobida yutqazgan bo‘lsa-da, keyinchalik butun dunyoni yana xayron qoldira oldi. La Liga, Kubok, Superkubok, EChL xullas turli xil musobaqalarda bo‘lib o‘tgan qarama-qarshilikdagi o‘zaro o‘yinlarda "Real"da ustunlik bor. Faqatgina o‘rtoqlik o‘yinlardagi "el-klasikolarda "Barsa" ancha oldinda. 32ta o‘yin 18ta g‘alaba 10ta durang.

photo_2022-07-23_20-42-48

Demak, "Real" 4 ta o‘yinda g‘alaba qozongan. Bu safargi to‘qnashuv ham o‘rtoqlik maqomiga ega. Ikkala jamoada ham jiddiy o‘zgarishlar bo‘ldi. Biriga Robert Levandovskiy, Andreas Kristensen, Frank Kesse va Rafinya qo‘shilgan bo‘lsa yana biriga Antonio Ryudiger va Orelen Chuameni qo‘shildi. Bu o‘yinga murabbiylar baribir yangilarni tushirishsa kerak. Shu bois uchrashuv o‘rtoqlik maqomiga ega ham jang "qurbon"siz bo‘lmasligi aniq. Chunki Robert vaqt o‘tayotganligini his qilyapti. Yangi jamoada ham gol ura olishini isbotlashi kerak. Adama Traore ketgandan keyin Usmonni ham ishi yurishib qolsa ajab emas. Fati ham katta bola bo‘lib qoldi. Pedri mushaklarini ancha yaxshilab olgan. Benzema ham "Oltin to‘p"ni olishdan oldin gol urib turishi kerak. "Vinnipux" bilan Rodrigo bu mavsum yanada faol bo‘lishga harakat qilishadi. Ha aytmoqchi Azar uyg‘onyaptiku... Har holda uning o‘zi katta va’dalar beryapti. Mashg‘ulotlarda ancha faol.

O‘yin natijasini taxmin qilish judayam qiyin. Murabbiylarning bu o‘yinga qanday yondoshishlariga va qarashlariga ko‘p narsa bog‘liq. Xullas bu safar ham ajoyib klasiko bo‘ladi, deb umid qilaman. Ha aytmoqchi "Barsa"da 20-chidayoq tongda "Inter Mayami" bilan o‘yinda yangilarni "ko‘rib olish" imkoniyati bo‘ladi, - dedi Murod Rizaev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!