
"Real" - "Alaves" bahsi bosh hakami ikkinchi taymda zaxiraga olindi
Ispaniya chempionati 35-turi "Real" - "Alaves" bahsida referi o‘zgarishi yuz berdi.
Uchrashuv bosh hakami Xesus Xil Monsano birinchi taymda to‘pig‘idan jarohat oldi va shifokorlar yordamida taymni yakunlab qo‘ydi.
Ikkinchi taymda esa Monsanoning o‘rniga zaxira hakami Ektor Roriges Karpolo uchrashuvni davom ettirdi.
Fikrlar