Raysga kutilmaganda jiddiy xaridor chiqdi

  • 7 yanvar, 2023, 07:08
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Vest Xem" sardori Deklan Rays faoliyatini Londonning boshqa klubida davom ettirishi mumkin.

Tecno

"Mail Sport" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, ingliz futbolchisiga "Arsenal"dan jiddiy qiziqish bor. Ushbu transferni jamoa bosh murabbiyi Mikel Arteta istayapti.

"Kanonirlar" rahbariyati bir necha kun ichida "bolg‘achilar"ga aloqaga chiqishi kutilmoqda. Raysga "Arsenal"dan tashqari "Chelsi" hamda "Manchester Yunayted" da’vogar hisoblanadi.

23 yoshli yarim himoyachi 2017 yildan beri "Vest Xem" tarkibida harakat qilib kelmoqda. Uning transferi 80 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!