
Rayan Garsiyaning bu safargi jangi ham qoldirildi. U qo‘lida jarrohlik amaliyoti o‘tkazadi
Professional boksning engil vazn toifasida faoliyat olib borayotgan amerikalik Rayan Garsiya navbatdagi jangini 27 noyabr kuni sobiq jahon chempioni Jozef Diasga qarshi o‘tkazishi kerak edi. Ammo Garsiyaning qo‘lida jarrohat sabab jang bekor qilindi.
"Meni qo‘llashda davom etgan barcha muxlislarimga rahmat aytamoqchiman. Qo‘limda zudlik bilan jarrohlik amaliyoti o‘tkazilishi kerak bo‘lgan jarohat sabab,, navbatdagi jangimni qoldirmoqdamiz. Men dushanba kuni "Cedars-Sinai"da operatsiya qilinaman. 2022 yilda yaxshiroq bo‘lib qaytishga va’da beraman",-deb yozadi Garciya.
Eslatib o‘tamiz, undan oldinroq Garciya Xaver Fortuna bilan jangdan oldin ruhiy holatidagi muammo sabab jangini bekor qilgan edi.
Fikrlar