Ravshan Irmatov: Sifatli hakamliksiz sifatli futbolni yo‘lga qo‘ya olmaymiz

  • 11 sentabr, 2023, 17:20
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Farg‘ona viloyatida O‘FA vitse-prezidentlari Ravshan Irmatov hamda Azizbek Ikramov boshchiligida futbol muxlislari bilan muloqot o‘tkazildi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

Suhbat avvalida bugun O‘zbekistonda futbolni rivojlantirish yo‘lida aniq reja bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, xalqaro musobaqalar mezbonligi, turnirlar geografiyasi kengayib, Farg‘onada ham terma jamoalarimiz o‘yinlari tashkil etilayotgani borasida ma’lumot berildi. Shuningdek, futbolning ajralmas qismi bo‘lgan hakamlik yo‘nalishiga atroflicha to‘xtalib o‘tildi. So‘nggi kunlarda farg‘onalik muxlislarning bu boradagi e’tirozlariga sabab bo‘lgan vaziyatlar tahlil etildi.

photo_2023-09-10_16-59-26

- Hakamlar faoliyatidagi kamchiliklar oldimizda hali qilishimiz kerak bo‘lgan asosiy vazifalardan biri. Doim aytamiz, sifatli hakamliksiz sifatli futbolni yo‘lga qo‘ya olmaymiz. Shu sababli ham hakamlarimizni o‘qitish, qayta tayyorlash, tajribasini oshirish, hakamlar markaziga xalqaro mutaxassislarni jalb etish bo‘yicha ish olib boryapmiz. O‘z navbatida, muxlislik madaniyatiga ham jiddiy e’tibor qaratishimiz zarurligini yurtimizdagi xalqaro musobaqalar ko‘rsatib berdi. Biz kelajakda ham Farg‘onada muhim turnirlar o‘yinlarini o‘tkazishni rejalashtiryapmiz, - dedi Ravshan Irmatov.

Uchrashuv mobaynida “Neftchi” klubi o‘yinlaridagi hakamlikka oid epizodlar muhokama qilindi. Muxlislarning fikrlari tinglanib, savollariga javob berildi.

photo_2023-09-10_15-39-54

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!