
Ravshan Haydarov O‘zbekiston terma jamoasi yig‘iniga kimlarni jalb qildi?
8 oktyabrdan Ravshan Haydarov murabbiyligi ostidagi O‘zbekiston U-22 terma jamoasi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazish uchun “Chig‘atoy” bazasiga jamlandi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
Yig‘inning birinchi kunida, jamoa vakillari koronavirus (COVID-19)ga test topshirdi va hech bir futbolchida ushbu infektsiya aniqlanmadi.
Shuningdek, jamoa shifokori futbolchilarga pandemiya sharoitida amal qilish zarur bo‘lgan sanitariya qoida va normalari xususida tushuncha berdi.
Shundan so‘ng, terma jamoa a’zolari Ravshan Haydarov boshchiligida dastlabki mashg‘ulotlarni o‘tkazdi.
O‘zbekiston U-22 terma jamoasi 13 oktyabrga qadar mashg‘ulotlarni davom ettiradi. Yig‘in doirasida “Bunyodkor” va “Lokomotiv” klublariga qarshi nazorat uchrashuvi tashkil etish rejalashtirilgan.
Yig‘inga chaqiruv olgan futbolchilar ro‘yxati:
№ | F.I.Sh | Tug‘ilgan sanasi | Ampluasi | Klub |
1. | Ergashev Umidjon | 20.03.1999 | Darvozabon | “Nasaf” |
2. | Muxammadjonov Mashxur | 21.02.1999 | Darvozabon | “Nasaf” |
3. | Isakov Azizxon | 23.12.2000 | Darvozabon | “Paxtakor” |
4. | Saitov Dilshod | 02.02.1999 | Himoyachi | “Nasaf” |
5. | Salimov Alisher | 22.07.1999 | Himoyachi | “Paxtakor” |
6. | Yokubov Jasurbek | 26.03.1999 | Himoyachi | “Qo‘qon-1912” |
7. | Kuybokov Nodirbek | 02.08.2000 | Himoyachi | “So‘g‘diyona” |
8. | Yuldashev Ibroxim | 05.06.1999 | Himoyachi | “Surxon” |
9. | Komilov Dilshod | 16.05.1999 | Himoyachi | “Lokomotiv” |
10. | Kamolov Abdug‘ani | 23.03.2000 | Himoyachi | “Buxoro” |
11. | Askarov Boburjon | 09.02.1999 | Himoyachi | “Lokomotiv” |
12. | Nasriddinov Daniel | 08.12.1999 | Yarimhimoyachi | “So‘g‘diyona” |
13. | Ulmasaliev Avaz | 27.03.2000 | Yarimhimoyachi | “Lokomotiv” |
14. | Abdullaev Bek | 11.08.1999 | Yarimhimoyachi | “Qo‘qon-1912” |
15. | Juraev Anvar | 25.04.2000 | Yarimhimoyachi | “Buxoro” |
16. | Abdumannopov Doniyor | 12.12.2000 | Yarimhimoyachi | “Andijon” |
17. | Izzatov Suxrob | 15.02.1999 | Yarimhimoyachi | “Bunyodkor” |
18. | Kenjaboev Islom | 01.09.1999 | Yarimhimoyachi | “Nasaf” |
19. | Maksumov Azamat | 11.06.2000 | Yarimhimoyachi | “FK Xatta” |
20. | Kenjaev Ilxom | 10.06.1999 | Yarimhimoyachi | “Qizilqum” |
21. | Yuldashev Rasul | 26.10.2000 | Yarimhimoyachi | “Bunyodkor” |
22. | Sayidov Bekzod | 14.04.2000 | Yarimhimoyachi | “Buxoro” |
23. | Abdusalomov Jaxongir | 21.05.1999 | Hujumchi | “Mash’al” |
24. | Abduraxmanov Shoxrux | 19.07.1999 | Hujumchi | “Dinamo” |
25. | Kudratullaev Maxmud | 25.05.2000 | Hujumchi | “Metallurg” |
Fikrlar