
Ravshan Ermatov Rossiya futbol ittifoqida ish boshlaydi
Sobiq futbol hakami Ravshan Ermatov Rossiya futbol ittifoqining (RFI) Ekspert-hakamlar qo‘mitasiga doimiy a’zo bo‘ladi. Bu haqda “Metaratings” nashri xabar bermoqda.
“Rossiya futbol ittifoqidan menga qo‘ng‘iroq qilishdi va Ekspert-hakamlar qo‘mitasiga a’zo bo‘lishim mumkinligini aytishdi. Tez orada men komissiyaga yordam berishni boshlayman. U erda boshqa xorijlik hakamlar bo‘ladimi? Bilmayman”, - deya Ermatovning so‘zlarini keltiradi “Metaratings” nashri.
44 yoshli Ermatov 2015 yilda dunyoning eng yaxshi hakami deb topilgan edi. Taniqli referi 2019 yilda hakamlik faoliyatini yakunladi va hozirda O‘FA birinchi vitse-prezidenti sifatida ishlamoqda.
Fikrlar