Ravshan Ermatov Rossiya ekspert hakamlar komissiyasida ish boshladi

  • 24 avgust, 2022, 20:37
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekistonlik sobiq referi Ravshan Ermatov Rossiya futbol ittifoqi huzuridagi ekspert hakamlar komissiyasiga a’zo bo‘ldi, deb xabar berdi RFI.

Tecno

45 yoshli hakam 2003 yilda FIFA referisi sifatida tan olingan bo‘lib, bir necha bor yirik xalqaro musobaqalarda, jumladan, uchta jahon chempionati va Olimpiya o‘yinlarida ishlagan.

2013 yilda u Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi tomonidan dunyoning eng yaxshi 10 hakami ro‘yxatiga kirdi. Ermatov 2019 yilda faoliyatini yakunlagan.

Ermatov EHKning amaldagi tarkibi to‘qqizinchi a’zosi bo‘ldi. Undan tashqari komissiya tarkibiga RFI hakamlar bo‘limi boshlig‘i Pavel Kamantsev, Sergey Zuev, Aleksandr Gvardis, Nikolay Ivanov, Sergey Fursa, Nikolay Levnikov, Oleg Sokolov i Eduard Maliy ham kiritilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!