
Rasmiy xabar! Lempard iste’foga chiqarildi
“Chelsi” bosh murabbiyi Frenk Lempard rasman iste’foga chiqarildi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.
London klubi rahbariyati jamoaning so‘nggi vaqtlardagi salbiy natijalaridan qoniqmadi va uzoq davom etgan muzokaradan so‘ng, Lempardga chiqish eshiklari ko‘rsatildi.
Eslatib o‘tamiz, Lempard "arristokratlar"ni 2019 yilning yozidan beri boshqarib kelayotgandi. "Ko‘klar" Frenk o‘rniga Massimiliano Allegri yoki Tomas Tuxel nomzodlarini ko‘rib chiqmoqda.
Fikrlar