
Rasman! Zidan "Real"dan ketdi!
“Real” Madrid klubi o‘zining rasmiy sayti orqali bosh murabbiy Zinedin Zidanning jamoadan ketganini e’lon qildi.
Yuqoridagi manbada keltirilishicha, frantsiyalik mutaxassisning o‘zi jamoada ketishga qaror qilgan.
Klub xabarida Zidanga professionalligi va sadoqati uchun minnatdorchilik bildirilib, "Real" har doim uning uyi bo‘lishi ta’kidlangan.
48 yoshli Zidan “Real”da 2001-2006 yillarda futbolchi va 2016-2018 hamda 2019-2021 yillarda bosh murabbiy sifatida faoliyat yuritgan.
Fikrlar