
Rasman! Xulian Alvares "Manchester Siti" bilan amaldagi shartnomasini uzaytirdi
"Manchester Siti" futbolchisi Xulian Alvares klub bilan amaldagi shartnomasini 2028 yilning iyunigacha uzaytirdi. Ma’lum bo‘lishicha, hujumchining maoshi sezilarli darajada oshgan.
Alvares ushbu mavsum boshida "shaharliklar" tarkibiga kelib qo‘shilgandi. U jamoa safida 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 3 ta assist amalga oshirdi.
Shartnoma yangilanganidan keyin "Manchester Siti" sport direktori Txiki Begiristayn o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"U yaxshi rivojlanib kelmoqda. Biz Xulianni dunyodagi eng yaxshi hujumchiga aylantirishga harakat qilamiz", - dedi 58 yoshli ispan.
Fikrlar