Rasman: Vadim Nemkov va Ante Deliya jangi tasdiqlandi

  • 29 noyabr, 2024, 17:40
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

PFL tashkiloti yarim og‘ir vaznda sobiq Bellator chempioni va PFL/Bellator super chempionlik kamari sohibi Vadim Nemkov(17-2-1 N/C)ning navbatdagi jangini rasman e’lon qildi .,U 25 yanvar kuni 2022 yilgi PFL og‘ir vazn toifasidagi gran-pri g‘olibi Ante Deliya (24-6)  bilan Dubayda to‘qnash keladi.

Tecno

Nemkov hozirda 2016 yilning iyuniga borib taqaladigan 13 ta jangdan iborat mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirmoqda. U oxirgi marta 2024 yilning fevralida Bruno Kappelozsani ikkinchi raundda mag‘lubiyatga uchratgan edi.

Ma’lumot uchun, Deliya 2024 yilning aprel oyida bo‘lib o‘tgan so‘nggi jangida birinchi raunddayoq Valentin Moldavskiyga texnik nokaut bilan yutqazib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!