
Rasman! Toni Kroos Germaniya terma jamoasiga qaytdi!
Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Toni Kroos Germaniya terma jamoasidagi faoliyatini qayta tikladi.
Jurnalist Kristian Falkning xabariga ko‘ra, 34 yoshli yarim himoyachi o‘z uyida bo‘lib o‘tadigan Evropa chempionatida ishtirok etish uchun terma jamoa libosini yana kiyishga qaror qildi.
Toni 2021 yil yozida Evropa chempionati yakunida terma jamoadagi faoliyatini yakunlagandi.
Eslatib o‘tamiz, 2014 yilda Kroos "nemis mashinasi" bilan Braziliyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida g‘olib chiqqan edi.
Fikrlar