Rasman! Tomas Tuxel Evropaning grand terma jamoasini boshqaradigan bo‘ldi

  • 16 oktabr, 2024, 14:36
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Germaniyalik murabbiy Tomas Tuxel 2025 yildan boshlab Angliya terma jamoasini boshqaradi. Bu haqda terma jamoa matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

51 yoshli Tomas Tuxelning avvalgi ish joyi Germaniyaning “Bavariya” klubi bo‘lib, u Myunxen jamoasini joriy yilning may oyida tark etgandi. Nemis mutaxassisi faoliyati davomida “Chelsi”, PSJ va “Borussiya” Dortmund kabi klublarini boshqargan.

Hozirda Angliya terma jamoasini vaqtinchalik bosh murabbiyi Li Karsli boshqarmoqda. Avvalroq, terma jamoa 2024 yilgi Evropa chempionati finalida Ispaniyaga 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergach Garet Sautgeyt Angliya bosh jamoasidan iste’foga chiqarilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!