Rasman! "Real" 21 yoshli himoyachisini sotib yubordi

  • 13 iyul, 2022, 15:30
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Latsio" klubi "Real" Madrid himoyachisi Mario Gilani sotib oldi. Bu haqda Rim klubi matbuot xizmati xabar berdi. 

Tecno

21 yoshli ispaniyalik uchun Rim klubi 6 million evro to‘lagan. Futbolchi yangi jamoasi bilan 5 yillik bitimga imzo chekkan. 

Madridliklar Marioga bo‘lgan huquqlarining yarmini o‘zida saqlab qoladi. Kelishuvga ko‘ra, "qaymoqranglilar" himoyachini qayta sotib olishi ham mumkin. 

Gila o‘tgan mavsum "qirollik klubi" asosiy tarkibida ikkita o‘yinda maydonga tushgan. U asosan, 3-divizionda harakat qiladigan "Real Kastilya" klubida o‘ynagan. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!