
Rasman! Portugaliya terma jamoasining yana bir a’zosi Saudiya klubiga ko‘chib o‘tdi (FOTO)
"Vulverxempton" portugaliyalik yarim himoyachisi Ruben Neveshni "Al-Hilol"ga rekord darajadagi summa evaziga sotganini e’lon qildi.
O‘z navbatida Saudiya Arabistoni jamoasi 26 yoshli futbolchining transferini rasman tasdiqladi.
Aytish kerakki, “Al-Hilol” portugaliyalik futbolchining transferi uchun 47 million funt to‘laydi, bu esa "Vulverxempton" tarixidagi rekord transfer hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, Ruben Nevesh o‘tgan mavsum APLning 35 o‘yinida 6 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U 2017/18 yilgi mavsumdan beri "bo‘rilar" safida to‘p surib kelayotgan edi.
Fikrlar